Янгиликлар
Янгиликлар
2025-10-02
Payariq tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi hamda Probatsiya xizmati hamkorligida mehnat bozoridagi imkoniyatlardan unumli foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, xususan, probatsiya nazorati ostida bo‘lgan ishsiz shaxslarni ish bilan ta'minlash maqsadida "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularning mehnat sharoitlari hamda ish beruvchilarning talab va takliflari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tashkil etilgan ushbu mehnat yarmarkasi orqali 8 nafar fuqaroning doimiy ish bilan bandligi ta’minlandi.
Mazkur tadbir probatsiya nazorati ostida bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarish, ularning mehnatga bo‘lgan layoqatini ro‘yobga chiqarish hamda jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Самарқанд Вилояти Камбағалликни Қисқартириш ва Бандлик Бош Бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг