Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Samarqandlik o‘qituvchi va talaba KOICA tanlovida gran-pri sohibi bo‘ldi

error

2025-10-29

Markazning asosiy maqsadi — KOICA o‘quv markazlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va talabalar salohiyatini zamonaviy texnologiyalar asosida oshirishdir. Samarqand kasb-hunar o‘quv markazi esa bu yo‘nalishda yetakchi baza sifatida raqamli ta’lim tizimini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bu yerda koreyalik mutaxassislar ishtirokida innovatsion dars uslublari, raqamli treninglar va amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.

— KOICAning PPP loyihasi doirasida universitetimiz olti yildan buyon Samarqand kasb-hunar markazining ta’lim salohiyatini oshirish, o‘quv muhitini yaxshilash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirib kelmoqda, — deydi loyiha rahbari, Koreyaning Keimyung Culture universiteti professori Li Sang Seog.

⚡ Mazkur loyiha doirasida yaqinda O‘zbekistondagi KOICA markazlari o‘rtasida “O‘qituvchi va talabalar salohiyatini oshirish” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 24 nafar o‘qituvchi va 15 nafar talaba IT, dizayn, mashinasozlik hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

⚡️Tanlov natijasiga ko‘ra, Samarqand o‘quv markazi o‘qituvchisi Abdulqodir Homidov hamda shu markaz talabasi Mansur Sultonov gran-pri sovrinini qo‘lga kiritdi. G‘oliblar va faxrli o‘rin egalari pul mukofotlari, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

✅Tadbir Viloyat kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida bo‘lib o‘tdi.  Unda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop, viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Temur Mahmudov, Keimyung universiteti professorlari hamda KOICA markazlari rahbarlari ishtirok etdi.