Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-28
Aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va ishsiz fuqarolarga mos kasb topish hamda mahalliy korxonalarga malakali kadrlar jalb qilishga qaratilgan tadbirda 200 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.
Bu jarayonda 12 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, yana 16 nafari o‘qishga yo‘naltirilgan boʽlsa, 30 nafariga kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlari bo‘yicha maslahatlar berildi.
Tadbirda ishlab chiqarish, qurilish, xizmat ko‘rsatish, savdo va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi korxonalar jami 560 bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
“Bu yarmarka shunchaki kelib-ketish uchun emas, balki har bir ishtirokchiga o‘ziga munosib ish topish, hayotida yangi bosqichni boshlash imkonini beruvchi muhim tadbirdir. Mehnat inson hayotining mazmuni, mehnat orqali inson o‘z orzulariga erishadi”,
— dedi Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev mehnat yarmarkalarining ahamiyatiga urgʽu berib.
Bunday yarmarkalar ishsiz aholi vakillari uchun yangi imkoniyatlar yaratishi shubhasiz.