Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

BANDLIKNI TA’MINLASH YO‘LIDA

error

2025-10-27

Tadbirning asosiy maqsadi  aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mehnat bozorida faol ishtirokini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Yarmarkada ishsiz fuqarolar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar, probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar va boshqa toifadagi fuqarolar ishtirok etdi. Tashkilotchilar tomonidan ularga turli sohalardagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

Yarmarka ishtirokchilari ushbu tashabbus ularning hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochayotganini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir yakunida bir qator fuqarolar ishga joylashtirildi, ayrimlari kasbga o‘qish kurslariga yo‘naltirildi.

Mazkur mehnat yarmarkasi aholining bandligini oshirish, yoshlar va ishsiz fuqarolarning iqtisodiy faolligini kuchaytirish, shuningdek, ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.