Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Jomboyda bandlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

error

2025-10-22

“Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilgan yarmarkada 40 ta korxona va tashkilot tomonidan 250 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

 Yarmarkada 350 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Ular mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, ish beruvchilarning talab va takliflari, ish sharoitlari hamda boshqa huquqiy va amaliy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

 “Bunday yarmarkalar fuqarolarga o‘z salohiyatini ishga solish, mustahkam daromad manbai topish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallash uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu nafaqat ish, balki kelajak sari dadil qadamdir,

- dedi respublika ishchi guruhi vakili Orifjon Aliqulov.

 Yarmarka doirasida fuqarolar ish joyi tanlash bilan birga mutaxassislar bilan maslahatlashdi, bandlikka oid huquqiy savollariga javob oldi hamda mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 Jomboyda o‘tkazilgan bu kabi yarmarkalar — nafaqat bandlik, balki barqaror hayot sari tashlangan muhim qadamdir.