Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

TIZIMDA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH

error

2025-10-21

Boshqarma boshlig‘i T.Maxmudov so‘zga chiqib, sohada korrupsiyaning oldini olish, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va tizimda shaffoflikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tizimli chora-tadbirlar haqida toʽxtaldi.

 Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev tomonidan rahbarlarni pok vijdonli, halol bo‘lishga da’vat etuvchi videomurojaat namoyish etildi. Unda korrupsiya – davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchni yemiradigan xatarli illat ekani ta’kidlandi.

 Tadbirda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi I.Yetkirov Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasi qarori asosida belgilangan ustuvor vazifalarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

 Yig‘ilish yakunida mazkur normativ-hujjatlar asosida tayyorlangan targ‘ibot materiallarini joylardagi aholi, tadbirkorlar, yoshlar va hokim yordamchilariga yetkazish hamda ularga tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tuman va shahar bo‘limlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.