Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-20
Unda jamg‘armadan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, ijro intizomi, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
“Bugungi kunda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida moliyaviy manbalar to‘g‘ri boshqarilishi, fuqarolarga xizmatlar uzluksiz va sifatli yetkazilishi, shuningdek, har bir murojaatga individual yondashuv zarur”, — dedi boshqarma boshligʽi T. Maxmudov.
Yig‘ilishda kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning daromad darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, sanoat korxonalarining xatlovi va mehnat munosabatlarini legallashtirish yo‘nalishidagi ishlar muhokama markazida bo‘ldi
Shuningdek, davlat va nodavlat o‘quv muassasalarida vaucher asosida qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish ishlari, bu boradagi monitoring va samaradorlik ko‘rsatkichlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro intizomi va natijadorlikni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.