Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Ona tilim – yurak nurim”

error

2025-10-16

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Jumagul Suvonova, adiba Ra’no Odilova hamda yozuvchi Naim Nur o‘zlarining ijod namunalari bilan davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Ijodkorlar ona tiliga bag‘ishlangan she`rlarini yig`ilganlar e`tiboriga havola etish barobarida  fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular tilning millat kamolotidagi o‘rni, uning asrab-avaylash va kelajak avlodga bezavol yetkazish zaruratiga urg‘u berishdi.

“Bugungi kunda dunyoda taxminan 7 mingga yaqin tirik til mavjud. Ulardan atigi 200 tasigina rasmiy maqomga ega. O‘zbek tili ham ular orasida bo`lib, dunyodagi eng ko‘p so‘zlashuvchi 40 ta tildan biri hisoblanadi”, — deya ta’kidladi shoira Jumagul Suvonova.

Tadbir davomida adabiyotning inson ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyati, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ona tilini asrash borasida fikrlar almashildi. 

Yoshlar ongida til va adabiyotga muhabbat uyg‘otish, ma’naviy kamolotni rag‘batlantirish tadbirning asosiy maqsadlaridan biri bo‘ldi.