Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-08
Samarqand shahridagi “SAM ROS STROY” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan amaliy seminarda shu mavzuga e’tibor qaratildi. Butunjahon Munosib mehnat kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori Ulug‘murod Ulug‘murodov mehnat muhofazasiga oid qonunchilik talablari haqida axborot berdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ish joylarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 362-moddasi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq, xodimlarni belgilangan tartibda o‘quv va yo‘l-yo‘riqlardan o‘tkazish zarur, -dedi U.Ulug‘murodov. - Ularni maxsus kiyim-bosh, poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ham ish beruvchilar zimmasidagi majburiyatlardan sanaladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mehnat xavfsizligi, ish joylaridagi sanitariya-gigiyena talablari va ishchi-xizmatchilarning sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldi.