Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-04-02

📢 Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumani Adliya bo‘limi rahbari tomonidan majburiy shanbalik tashkil etilgani va xodimlardan majburiy pul yig‘ilgani haqida xabar tarqaldi.

✔️ Ushbu holatlar Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi. Hozirda inspeksiya joyiga borib, holatni atroflicha o‘rganmoqda.

❗ Agar qonun buzilish holatlari aniqlansa, mas’ullarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilib, belgilangan tartibda jarimalar qo‘llaniladi.

Boshqarma Axborot xizmati o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beradi.

📌 Telegram📌 Instagram 📌 Facebook