Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-27
🔖Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 30-sonli maktab o‘quvchilarining OTMga kirish bali past bo‘lgani va bu bo‘yicha tuman reytingida 82-o‘rinda bo‘lgani uchun o‘qituvchilar direktor tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinganidan shikoyat qilgan xabar tarqalgan edi.
✅Ushbu holat Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Kattaqoʼrgʼon tumani bo'limi Davlat mehnat huquq inspektori tomonidan o'rganish o'tkazildi. O'rganish davomida ushbu maktabda ishlayotgan 46 nafar xodim bilan yakka tartibda suhbat o'tkazildi va suhbat jarayonida barcha 46 nafar xodim yuqoridagi ijtimoiy tarmoqdagi murojaatni yo'llamaganliklarini, maktabda va shaxsan o'zlariga nisbatan majburiy mehnat holati faoliyatlari davomida bo'lmaganliklarini va hech qanday e'trozlari yo'q ekanliklarini ma'lum qilishdi.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati