Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi

error

2024-01-12

Samarqand shahridagi “Ishga marhamat" monomarkazida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida viloyat IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi shaxslar ishtirok etishdi.


Unda nazorat ostidagi shaxslar o‘zlariga mos ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumot olishdi.

Shuningdek, monomarkazda o‘qib, kasb-hunar o‘rganish istagini bildirgan fuqarolarga ekskursiya tashkillashtirilib, bu yerdagi shart-sharoit, dars jarayotlari, tinglovchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.





Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqand shahridagi “Ishga marhamat" monomarkazida 27 dan oshiq yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatilmoqda hamda 5 ta xorijiy tillar bo‘yicha bilim berilmoqda.

☎️ +998662250840   +998904780430

🏢 Samarqand shahri, Narpay ko'chasi, 7B uy

(Mo'ljal 54-maktab)

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati