Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-12
Samarqand tumanda 2023-yil davomida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilgan fuqarolarning 2107 nafari xalq xo‘jaligining turli sohalarida doimiy ishga joylashgan. 401 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan. 349 nafar fuqarolar kasanachilik asosida ish bilan band qilingan.
Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu kabi raqamlar ochiqlandi. Tuman hokimi ishtirok etgan yig‘ilishda 2023-yilda bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mahallabay ishlash va bandlik masalalarida yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlarining ish samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati