Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Raqamlashtirish korrupsiyaga qarshi kurashda “Samarqand tajribasi” bo‘ladi

error

2025-10-23

Viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Musurmonovning ta’kidlashicha, shu yilning o‘tgan davrida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalar tanlab olinib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengash tomonidan tahlil qilingan. O‘rganishlar yakunida soliq, bandlik, qurilish va sog‘liqni saqlash tizimlarida 274 nafar xodim intizomiy, 20 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 35 nafari ishdan bo‘shatilgan.

- “Sam-bozor” raqamli bozor dasturi joriy qilinib, 19 ta bozorning faoliyati to‘liq raqamlashtirildi va oylik tushum 4,2 milliard so‘mdan 6,7 milliard so‘mga oshdi. “Hik-Sentral” dasturi orqali yashirin tushumlar holatiga chek qo‘yilib, 56 avtoturargohda shaffoflik ta’minlandi, - deydi X.Musurmonov. - Elektr sohasida xodimlar GPS, planshet va bodikameralar bilan ta’minlanib, ish jarayoni real vaqtda kuzatilmoqda. Bu orqali yuzlab noqonuniy holatlar fosh etildi. Tibbiyot sohasida ham raqamlashtirish katta samara bermoqda. “Sog‘lom hayot” dasturida patronaj hamshiralarining faoliyati geolokatsiya orqali nazorat qilinmoqda. “D-MED” axborot tizimi esa tibbiyot muassasalarida xizmat sifatini oshirib, tushumlarni bir necha barobar ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

Yo‘lovchi tashish sohasida transport vositalari GPS va sun’iy intellektga ulanib, qatnov va tushum shaffofligi ta’minlandi. Sug‘orish tizimida “Aqlli suv” qurilmalari orqali 1,4 million kub metr suv tejaldi.

Soliq va mehnat sohalaridagi raqamlashtirish orqali noqonuniy tushumlarning oldi olindi, xodimlar ish samaradorligi oshirildi. Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylarni boshqarishda “Shaffof uy” dasturi orqali aholining to‘lovlari, shikoyatlari va ovoz berish jarayonlari mobil ilovalar orqali amalga oshirilmoqda. Jarima maydonchalarida raqamli nazorat tizimi joriy qilinishi esa maishiy korrupsiyaga chek qo‘yishda muhim qadam bo‘ldi.

Bu ishlar bilan birga, hozirgi kunda 8 ta yo‘nalishda raqamlashtirish ishlari davom etmoqda, shu jumladan, ichimlik suvi, probatsiya xizmati, chiqindi tashish va “O‘zenergoinspeksiya” kabi sohalar qamrab olingan. Respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 7 ta muhim sohada esa alohida nazorat o‘rnatilgan.