Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH YO‘LIDAGI MUHIM ODIM

error

2025-10-14

Mazkur yarmarka tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman IIB JXX probatsiya guruhi hamkorligida o‘tkazildi.

 Tadbirda, ayniqsa, probatsiya nazoratida turgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va mehnat bozoriga integratsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.

 Yarmarka natijasida 5 nafar nazoratdagi fuqaro ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, ishtirokchilarga kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, tashqi migratsiya tartiblari, xorijiy tillarni o‘rganish kurslari, tadbirkorlik yo‘nalishidagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Bu kabi yarmarkalar fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashda, ularni jamiyatga moslashtirishda va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynamoqda.