Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kambag‘allikka qarshi kurashda yangi bosqich

error

2025-10-13

Yig‘ilishda jamg‘armalardan ajratilayotgan mablag‘larning samarali sarflanishi, ijro intizomi hamda fuqarolardan kelayotgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi. 

Kambag‘al oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, davlat mehnat inspeksiyasining legallashtirish yo‘nalishidagi faoliyati, nogironligi bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlash choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchilarining ishga kelish-ketish tartibi, tomorqada ekin ekilishi, sanoatlashgan plantatsiyalar, bog‘ va uzumzorlarni tashkil etish ishlari ham ko‘rib chiqildi. 

Tuman va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari hamda kasbiy ko‘nikmalar markazlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda tizimda korrupsiyaning oldini olish, faoliyatda oshkoralik va samaradorlikni oshirish masalalari alohida ko‘tarildi. Mas’ullarga shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq vazifalar topshirildi.