Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

DUAL TAʼLIM - KADRLAR TAYYORLASHDA SAMARALI ECHIM(MI)?

error

2025-10-09

Konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati loyiha rahbari Mattias Klinggenberg va boshqalar bugungi kunda mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash dunyo miqyosida keng qo‘llanilayotgani va bu yuqori samara berayotganini qayd etdi.

 Tadbirda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan loyiha hamkorlari – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashkil etilgan anjumanda vazirlik va idoralar, to‘qimachilik uyushmalari va kompaniyalari, mahalliy va xorijiy kasb-hunar ta’limi muassasalari vakillari, xalqaro loyihalar hamkorlari hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.

 Anjumanda to‘qimachilik sohasiga qaratilgan va 2025 yil dekabr oyida yakunlanadigan to‘rt yillik TexVET I loyihasining yakuniy natijalari sarhisob qilinishi hamda ko‘plab sohalarni qamrab oladigan va 2026-2028 yillarda amalga oshiriladigan yangi TexVET II loyihasi yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Yalpi majlisdan so‘ng ishtirokchilar to‘rt seminar-treningda oliy ta’limda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi farqni bartaraf etish, dual ta’limni joriy etish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, mehnat migratsiyasida zamonaviy kasb-hunarlarni o‘qitish kabi mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.