Yangiliklar
Yangiliklar
2025-09-30
Oqdaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hamkorligida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu yarmarka “Dolzarb 20 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlar doirasida amalga oshirildi. Shuningdek, nazorat ostidagi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda kitobxonlik tadbiri ham tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar orasida kitob mutolaasining ahamiyati, ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni xususida suhbatlar o‘tkazildi.
Samarqand Viloyati Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik Bosh Boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing