Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

⚡️ Taklif etilayotgan davlat xizmatchilari kompetensiyasini rivojlantirishning zamonaviy modeli

error

2025-01-13

⚡️Davlat xizmatchilari kompetensiyasini rivojlantirishning zamonaviy modeli shakllanmoqda: yangi tizim nimalarni va’da qiladi?

Xabaringiz bor, ayni kunlarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.Ushbu farmon loyihasining 81-maqsadida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlari uchun kompetensiya modelini hamda professional kompetensiyalarini baholash tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.