Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-04
2023-yili 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Bugun joylarda ushbu farmon mazmun mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida mahalla raislari bilan seminar o'tkazildi.
Unda mahallalarga berilgan imtiyozlar va imkoniyatlar, mahalla raislariga berilgan vakolatlarning mazmun-mohiyatlari haqida so’z bordi.
Mazkur oʻquv seminarida Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi shahar bo'lim rahbarlari va mas'ul xodimlar ishtirok etdi.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati