Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida hokim yordamchilari uchun seminar tashkil etildi.

error

2024-01-10

Joriy yilning 8-yanvarida Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida hokim yordamchilari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda dastavval Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 18-dekabrdagi 217-sonli buyrugʻining mazmun-mohiyati haqida mahallalardagi hokim yordamchilariga batafsil tushuntirildi shunindek  kelgusi ish faoliyatining muhim samaradorlik koʻrsatkichlari hisoblanishi ham alohida ta'kidlab oʻtildi.


Seminar yakunida hokim yordamchilariga YMMT dan roʻyxatdan oʻtmagan 1076 ta yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtkazish va 6507 ta elektron tizimdagi boʻsh ish oʻrinlarining haqqoniyligini oʻrganish boʻyicha manzilli roʻyxati taqdim etildi.

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati