Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-09
Kuni kecha Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari B. Sayipov boshchiligida Qoʼshrabot tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida tizimga yuklatilgan vazifalar ijrosini hamjihatlikda samarali tashkil etish, qonunchilikni mustahkamlash, mehnat va ijro intizomiga qa’tiy rioya qilish haqida suhbat o'tkazildi.
Shuningdek, tizimda mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, mavjud muammolar bo‘yicha tavsiya va takliflar berildi.
Bu boradagi o‘rganish va uchrashuvlar Bosh boshqarma tarkibiy tuzilmalari va tuman (shahar) bo‘limlarida davom ettirilmoqda.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Samarqand Viloyati Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik Bosh Boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing