Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-06
Yaqinda “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.
Jamoatchilikni ushbu hujjatning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jomboy tumanida seminar o‘tkazildi. Mahalla raislari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etgan tadbirda imtiyoz va imkoniyatlar, mahalla raislariga berilgan vakolatning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Samarqand Viloyati Kambag'allikni Qisqartirish va Bandlik Bosh Boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing