Vazirlikning tuzilmaviy bo‘linmalari, mazkur Nizomga muvofiq, o‘zlarining ochiq yig‘ilishlarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratilishini ta’minlaydilar.

Ochiq yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lumot tashkilotning axborot stendida va (yoki) boshqa shunday, ushbu maqsadga mo‘ljallangan, texnik vositalarida, yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtiriladi.

Ochiq yig‘ilishda ishtirok etish huquqini amalga oshirayotgan axborotdan foydalanuvchilar, yig‘ilish davomida tinchlikni saqlashlari va yig‘ilish raisiga va uning qatnashchilariga halaqit bermasliklari lozim.