Rossiya OAVda Markaziy Osiyodan borgan mehnat migrantlariga qarshi namoyishlar haqida ma'lumotlar tarqaldi. Namoyishlar kelib chiqishiga zo‘rlash sabab bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining Tergov qo‘mitasi bunda asli Qirg‘iziston Respublikasidan bo‘lgan fuqaroni aybdor deb topdi.

Mazkur mojaro bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida favqulodda ishchi guruhi tuzildi.

Kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Saxa Respublikasida 11 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi o‘zbek diasporasi vakili Toshpo‘lat yedgorov bilan bog‘landi. yetkazilgan ma'lumot bo‘yicha hozirgi kunda vaziyat keskin emas, yurtdoshlarimiz hayoti va sog‘lig‘iga hyech narsa xavf solmayapti. Shunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni saqlab, odamlar ommaviy to‘planadigan joylarga zaruratsiz bormaslikka chaqirmoqda.

Shuningdek, vaziyat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakili – Saidno‘mon Mansurovning jiddiy nazorati ostida bo‘lib turibdi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Saxa Respublikasidagi vaziyat barqarorlashgan.

Saxa Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moskvadagi +7 (903) 507-76-67 yoki Toshkentdagi +998 (71) 200-06-00 “ishonch tarmoqlariga” murojaat qilishlarini so‘raydi.

Vazirlik xorijda qiyin ahvolda yoki hujjatlarsiz qolgan, mehnat huquqlari va erklinligi buzilgan O‘zbekiston fuqarolarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatishga, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga ajratiladigan imtiyozli kreditlar olish va o‘z-o‘zini band qilishni ta'minlash uchun sharoitlar yaratishga tayyor.