O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborish bo‘yicha vakolatli organlar etib, O‘zbekiston tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi tomonidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati belgilangan. Ushbu Memorandumga ko‘ra Koreya Respublikasiga mehnat migrantlarini jalb qilish jarayonida uchinchi tomonning ishtirok etishi taqiqlangan.