2018 yil 24 sentyabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Manuel Salazar boshchiligidagi Butunjahon banki vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Butunjahon bankining ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha mutaxassislari M.Xonorati, A.Vodopyanov, A.Suxova, Q.Yusupov, L.Karraro, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari E.Muxitdinov hamda vazirlikning boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilishni texnik qo'llab-quvvatlash va tahliliy ishlar orqali kuchaytirish bo'yicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, og'ir ahvolda qolgan fuqarolar guruhiga yordam berish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ko'rish masalalari xususida ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakuni bo'yicha Butunjahon banki tomonidan “Ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash orqali O'zbekistonning inklyuziv iqtisodiy islohotlarini qo'llab-quvvatlash” nomli seminarni tashkillashtirish masalalari ko'rib o'tildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati