Uchrashuvning asosiy mavzusi mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, malaka oshirish va ijtimoiy-mehnat sohalarida tadqiqotlar o'tkazish masalalari bo'ldi.

Joriy yilning kuzida ijtimoiy-mehnat sohasida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi bilan O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o'rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash rejalashtirilmoqda. Memorandum loyihasi tasdiqlanish arafasida turibdi.

Vazirlarning mazkur ishchi uchrashuvi Rossiya Federatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasi yig'ilishi oldidan bo'lib o'tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati