2018 yil 6 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2017 yil yakunlari hisoboti va 2018 yilgi eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish to'g'risida vazirlik Hay'atining kengaytirilgan majlis yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Vazir A.Xaitov raisligida o'tkazilgan hay'at majlisida Vazirlar Mahkamasining ma'sul xodimi S.Xaytmuradov, hay'at a'zolari, boshqarma, bo'lim boshliqlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari, tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari hamda hududiy jamoat ishlari jamg'armasining inspektorlari hamda audioselektor aloqasi orqali shahar va tumanlar bandlikka ko'maklashish markazlari rahbarlari qatnashdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan ishlab chiqilgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar “Yo'l xaritasi”ni tasdiqlash masalasi, vazirlik faoliyatining 2017 yilning yakunlari va 2018 yilda mo'ljallangan birinchi chorak vazifalari va boshqa masalalar muhokama etildi.

Dastlabki ma'lumotlarga asosan 2017 yil davomida hududlarni kompleks ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq respublika bo'yicha jami 336 mingta ish o'rinlari tashkil etilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018 yil dastur loyihasi ishlab chiqilgan va quydagi vazifalar belgilangan, ya'ni bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, “Davlat xizmati to'g'risida”, “Aholi bandligiga ko'maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to'g'risida”, “Tashqi mehnat migratsiyasi to'g'risida” qonunlari, “Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta'minotini tubdan takomillashtirish to'g'risida”, “2018 yilda aholi bandligiga ko'maklashish Davlat dasturi to'g'risida”, “Yukori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoklariga keng jalb qilish bo'yicha chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash to'g'risida” va “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish tizimi va mehnat organlari tarkibini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihalarini ishlab chiqishi belgilangan.

Shu bilan birgalikda, ijtimoiy sharoiti og'ir ayollarni qo'llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash va boshqa masalalari bo'yicha ta'kidlab o'tildi.

Hay'at majlisi yig'ilishidagi masalalari ijrosi bo'yicha vazir o'rinbosarlari va boshqarma boshliqlari hisobot berdilar.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay'ati a'zolari tomonidan bajarilgan topshiriqlarga tanqidiy e'tibor berish va qo'yilgan vazifalarni va topshiriqlarni o'z muddatida belgilangan tartibda bajarishligi belgilab o'tildi.

Yig'ilish yakuni bo'yicha vazirlik hamda barcha hududiy va tasarrufiy mehnat organlariga aniq topshiriq va vazifalar yuklatildi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati