Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Press relizlar
2016 yil 16 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining markaziy aparati, xududiy va tasarrufiy tashkilotlari rahbarlari ishtirokida, vazirlik tizimi faoliyatining I-yarim yillik yakunlari va joriy yilda ustuvor vazifalari bo'yicha Hay'at majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda Mehnat vaziri A.Abduxakimov Mehnat vazirligi faolliyatining 2016 yil I- yarim yillik yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan ko'rsatkichlarni so'zsiz bajarilishini ta'minlash choralariga asosiy e'tiborni qaratdi. 

 21.07.2016   6263
PRESS RELIZ

O'zbekiston Respublikasi Senati tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi” doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2016 yilning 3-4 martida “Yoshlar ijod saroyi”da “Ixtisoslashtirilgan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi” bo'lib o'tdi.

 03.03.2016   5896
“Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ish bilan ta'minlash, va mehnat muhofazasi borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan korxonalarning buyurtmalari asosida har yili 25-30 mingga yaqin ish bilan band bo'lmagan yoshlar kasb-hunarga qayta o'qitiladi. Buning uchun 217 ta bazaviy kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlaridan foydalaniladi.

 10.02.2016   6058
PRESS RELIZ

“Mehnat vazirligi tomonidan 2015 yilda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ish bilan ta'minlash, va mehnat muhofazasi borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

 03.02.2016   5432
2015 yilning 7 noyabr kuni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun media-tur uyushtirildi.

O'zbekiston MTRK, O'zA, Uzreport AA, shuningdek, davriy bosma va internet nashrlarining xodimlari “Tovoqsoy” sanatoriysida bo'lib, sog'lomlashtirish muassasasida urush va mehnat faxriylari, keksa va nogiron yurtdoshlarimizga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

 07.11.2015   5982
"2015 yilning yanvarь-sentyabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi

2015 yil 28 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi mehnat vazirligi tomonidan “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

 28.10.2015   5948
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10 avgust kuni «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qabul qilingan qarorining ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 avgust kuni «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qaror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

 26.08.2015   6217