Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Yangiliklar
“MEHNAT HUQUQLARI ASOSLARI, BOLALAR MEHNATI VA MAJBURIY MEHNAT OLDINI OLISH MASALALARI” MAVZUSIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Buxoro viloyati Kasaba uyushmalari birlashmasida 2018 yil 7 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi Yuridik bo‘limi yetakchi mutaxassisi G.Babaniyozova, O‘zbekiston Reupublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i S.Sulaymanov, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspektorlari ishtirokida “Mehnat huquqlari asoslari, bolalar mehnati va majburiy mehnat oldini olish masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
 

 07.05.2018   4069
URGANCH SHAHRIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat xokimligi, viloyat prokraturasi va Urganch shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar, jazo muassasalardan ozod qilingan shaxslar hamda ishlashni hohlovchi, band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida Urganch shahar Tinchlik ko‘chasida joylashgan Xotira va qadrlash maydoni oldida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Yarmarkada, viloyat va jamoat tashkilotlari, tadbirkor va ishbilarmonlar, viloyatdagi fermer xo‘jaliklari faol ishtirok etdilar.

 05.05.2018   7891
QO‘SHKO‘PIR TUMANIDA “ADLIYA SAYLI” O‘TKAZILDI

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Xuquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-2761-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida , Qo‘shko‘pir tumanida xuquqiy targ‘ibot va ma’rifat tadbirini hamda “fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak” shiori ostida aholini xuquqiy ongini, xuquqiy madaniyatini yuksaltirishga, qonuniylikni mustahkamlashga, hamda ish izlayotgan fuqarolarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Adliya sayli” viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va Qo‘shko‘pir tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda Qo‘shko‘pir tumani axoli dam olish markazida tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.

 05.05.2018   3583
NAVOIY VILOYATIDA “OBOD QISHLOQ” DASTURI IJROSI VA TOMORQADAN SAMARALI FOYDALANISHNING AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni va ”Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining 9 ta tumanida 13 ta hudud ushbu dasturga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 122-ich-sonli buyrug‘ini ijrosi yuzasidan joylardagi tizim mutaxassislari tomondan joylarga borib o‘rganib tahlil qilindi. Yuqoridagi hududlarga jamoat ishlari tashkil etgan korxonalarning umumiy soni 80 tani tashkil etadi. 

 05.05.2018   3287
“UYUSHMAGAN YOSHLAR BILAN ISHLASH” XAFTALIGI BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida Shumanay tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, Bandlik bosh boshqarmasi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

 04.05.2018   3870
“PORLOQ KELAJAK” OROMGOXIDA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI.

Buxoro viloyati Vobkent tumani “Porloq kelajak” oromgoxida bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 

 04.05.2018   3258
JIZZAX VILOYATI YANGIOBOD TUMANIDA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Jizzax viloyatining eng chekka tumanlaridan bir hisoblangan Yangiobod tumani 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida Yangiobod tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, Tuman Yoshlar ittifoqi kengashi, tuman hokimligi hamkorligida Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 

 04.05.2018   3581