Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari monitoringi va tahlili boshqarmasining funksiya va vazifalari
Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, urush va mehnat fahriylari Respublika Pansionati, vazirlik tizimidagi sihatgohlar, «Sahovat» va «Muruvvat» uylari hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, aholini ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralarini tahlil va monitoring qilish masalalarida olib borayotgan faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

idoraviy buysinish va mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar, barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan axolini ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvatlashga qaratilgan Qonun, Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishda qonun ustuvorligini ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlardan tushgan arizalar va takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli mutaxassislarga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq berish;

tizimdagi boshqarma xodimlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni olib borish, faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish;

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy va quyi bo‘linmalariga axolini ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvatlashga qaratilgan Hukumat qarorlari, qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish va ijrosini ta’minlashda ularga huquqiy va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

vazirlik rahbariyatining boshqarma faoliyati bilan bog‘liq va boshqa taalluqli topshiriqlarini ijro etish.