Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Boshqarmaning funksiya va vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning/tashkilotning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Mintaqalar bo‘yicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini e’tiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tadbiq etish hisobiga aholi bandligining o‘sishini ta’minlash, mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni tashkil etish, unga haq to‘lash shartlarini va uni muhofaza qilishni tashkillashtirish. Bosh boshqarma, uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi;

O‘z o‘rinbosarining vakolatlarini belgilaydi, Bosh boshqarma tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarining hamda boshqa mansabdor shaxslarning Bosh boshqarma faoliyatining alohida yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda tasarrufidagi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

O‘z vakolatlari doirasida Bosh boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

Xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek Bosh boshqarma apparatining, o‘ziga qarashli tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Bosh boshqarmaning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Bosh boshqarma tizimiga kiruvchi o‘ziga qarashli boshqa tashkilotlarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Bosh boshqarma apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Bosh boshqarmaga qarashli tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini, tuman (shahar) hokimlarining tavsiyanomasiga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining roziligi bo‘yicha lavozimga tayinlaydi ;

Alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni belgilangan tartibda davlat faxriy unvonlari, yorliqlar va mukofotlar berishga taqdim etadi;

Qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida bashka vakolatlarni amalga oshiradi.